Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Deputatning o'z saylov okrugidagi maktab jamoasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yetilligi "bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yettiligi" bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla Yettiligi bilan qabuli
янв.21
Deputat OShP binolarining qozonxona va isitish tizimlarini ishlashini ko'zdan kechirdi.
янв.21
Deputat isitish tizimini bir maromda, isrofgarchilikka yo'l qo'ymagan holda ishlatish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berdi
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yettilligi" bilan hamkorligida uchrashuvlari
янв.21
3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni: Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi
янв.21
Deputat uchrashuvi
Deputat xalq ichida

 Xalqimiz o‘z hayotida ijobiy o‘zgarishlarni
ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun ko‘rishi kerak. 

"Deputat xalq ichida" loyihasi doirasida Chiroqchi tumani 44-Oxunboboev saylov okrugidan viloyat Kengashi deputatligiga saylangan deputat Abduqahhor Axmedov tumandagi 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida saylovchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda deputat saylovchilarini o‘ylantirayotgan muammolar va taklif-mulohazalarini tingladi.  

 Shundan keyin viloyat Kengashi deputati tuman hokimi o‘rinbosari Bo‘riboy Domatov hamroxligida tumanning Paxtaobod mahallasida 5 gektar yer maydonida tashkil etilayotgan ko‘chatchilik kompleksida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.  

Shuningdek, tumanda yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida Chorshanba mahallasida ajratilgan 10 gektar yer maydonlarida tarvuz nihollarini parvarishlayotgan yoshlar bilan uchrashdi. Ayni kunlarda 20 nafar yoshlar o‘zlariga ajratilgan yer maydonlarida mehnat qilib, yaxshigina daromad olish niyatida. 

Mahallabay va xonadonbay yurish tamoyili asosida viloyat kengashi deputati A.Axmedov tumanning Baraka mahallasida tomorqadan samarali foydalanib, issiqxona tashkil etgan va uni oilaviy biznesga aylantirgan Xusinddin Rahmonov xonadonida bo‘lib, uning faoliyati bilan tinishdi va o‘zining
tavsiyalarini berdi. 

 Insoniylik, mehr-oqibat, bemorlar holidan xabar olish xalqimizga xos fazilatlardan biri. Biror yurtda takrorlanmas mahalla degan tabarruk joy bor ekan bu yerda insonlar ulug‘lanadi, azizlanadi. Viloyat Kengashi deputati Abduqahhor Axmedov tumanga uyushtirgan tashrifi davomida Ko‘ktosh mahallasida istiqomat qilayotgan shoir O‘ta Berdiyorning xonadonida mehmon bo‘ldi. Xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengash raisi Fayzulla Yusupov hamroxligida shoirning xonadoniga borgan Abduqahhor Axmedov va viloyat hokimining Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ziyoda Aminovalar u bilan dildan suhbatlashdi. 

 

Slide 1 of 8