Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlar Xovos tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlar Xovos tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlar Xovos tuman Kengashi
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Deputatning o'z saylov okrugidagi maktab jamoasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yetilligi "bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yettiligi" bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla Yettiligi bilan qabuli
янв.21
Deputat OShP binolarining qozonxona va isitish tizimlarini ishlashini ko'zdan kechirdi.
янв.21
Deputat isitish tizimini bir maromda, isrofgarchilikka yo'l qo'ymagan holda ishlatish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berdi
Umumxalq xayriya hashariga chorlab qolamiz!

Boshqa xalqlar o‘rganishi yoki amaliyotda qo‘llashi uchun xalqimizning urf-odat, qadriyatlaridan biriga aylangan “Hashar”ni tavsiya etsak bo‘ladi.

Hashar – bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Ushbu tadbir barchani birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Uning zamirida hamjihatlik, mehr-oqibat, obodlik va bunyodkorlik mujassam.

Yangilanish fasli kelishi bilan ona-tabiatning o'zi zaminga sayqal berayotgan bir paytda obodonchilik ishlarining olib borilishi mahallalarimiz ko'rkiga ko'rk, chiroyiga chiroy qo‘shadi. Demak, bahor nafasiga hamohanglik zarur, tabiatning ishiga ham ko'mak kerak.

Shu munosabat bilan 16−18 mart kunlari yurtimizda Navro‘z bayrami arafasida an’anaviy umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi tadbir «Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki» shiori ostida o‘tkaziladi.

Hasharda barcha samarqandliklar faol ishtirok etib, xalqimizga xos bag'rikenglik, o'zaro hamjihatlik, umumxalq bayrami oldidan mahallalar, ko'chalar va aholi turar-joylarini obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik va hamjihatlik bilan amalga oshirishlariga chorlab qolaman. Zero, "Hashar — elga yarashar" degan maqol bejiz aytilmagan.

Narziqul Xoliqov,
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati 

Slide 1 of 3