Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlar Xovos tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlar Xovos tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlar Xovos tuman Kengashi
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Deputatning o'z saylov okrugidagi maktab jamoasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yetilligi "bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yettiligi" bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla Yettiligi bilan qabuli
янв.21
Deputat OShP binolarining qozonxona va isitish tizimlarini ishlashini ko'zdan kechirdi.
янв.21
Deputat isitish tizimini bir maromda, isrofgarchilikka yo'l qo'ymagan holda ishlatish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berdi
Deputat saylovchilar bilan uchrashib muammolarni o’rgandi

O’zXDP Oqoltin tuman Kengashi deputati I.Qo’chqorova Oqoltin tuman “Ko‘rkam diyor” mahallasi binosida saylovchilaRi bilan uchrashuv tashkil qilib, ularning dolzarb muammolari va takliflarini tingladi. Bu tashrifning asosiy maqsadi saylovchilar bilan bevosita muloqot qilish, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash yo‘llarini birgalikda izlashdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida aholining eng ko‘p e’tiroz bildirgan muammolari - yo‘llarning holati, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi kamchiliklar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarining ahvoli bo‘ldi. Deputat har bir murojaatni alohida o‘rganib, hududdagi tegishli tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilinishini va muammolar tez orada hal etilishi uchun imkon qadar amaliy chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida saylovchilar o‘z fikr va takliflarini ochiqchasiga bildirib, deputat bilan samimiy suhbat qurishdi. Bunday muloqotlar aholi va vakillar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga, hudud rivojiga qaratilgan loyihalarni yanada samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.

Deputatning ushbu tashrifi saylovchilar bilan yaqin munosabatlarni rivojlantirish va ularning haqiqiy muammolarini hal etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Kelgusida ham bunday uchrashuvlar muntazam tashkil etilishi rejalashtirilmoqda 

Slide 1 of 5