Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlar Xovos tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlar Xovos tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlar Xovos tuman Kengashi
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Deputatning o'z saylov okrugidagi maktab jamoasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yetilligi "bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
янв.21
Deputatlarning "Mahalla yettiligi" bilan hamkorligida aholi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat mahalla Yettiligi bilan qabuli
янв.21
Deputat OShP binolarining qozonxona va isitish tizimlarini ishlashini ko'zdan kechirdi.
янв.21
Deputat isitish tizimini bir maromda, isrofgarchilikka yo'l qo'ymagan holda ishlatish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berdi
Joriy yilning 16-avgust kuni xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq 16-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 16-avgust kuni xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq 16-sessiyasi boʻlib oʻtdi. 

Sessiya ishiga viloyat hokimining oʻrinbosarlari, tegishli viloyat boshqarmalari rahbarlari, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot
vositalari vakillari ishtirok etdi.
 

Sessiyani xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi J.Ashurov boshqarib bordi. 

Kun tartibidagi birinchi masala viloyatda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida 2025-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlarning holati toʻgʻrisida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi I.Tursunov soʻzga chiqib, viloyatda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi haqida maʼlumot berdi.  

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan viloyatning kriminogen vaziyati ogʻir, jinoyati oshgan va boshqa barcha mahallalarida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish yoʻnalishi boʻyicha hamjihatlikda ish tashkil etilib, mahallalarda, taʼlim muassasalari va mehnat jamoalarida keng targʻibot-tashviqot ishlari borasida atroflicha toʻxtaldi.  

Shundan soʻng sessiyada navbatdagi masala viloyatda investitsiyalar jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda “Oʻzbekiston-2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi toʻgʻrisida viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari O.Sadikov hisobot berdi.  

Shuningdek, xalq deputatlari viloyat Kengashi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi. Bu borada deputatlarning ham fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. 

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
 

Slide 1 of 11