Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot
янв.21
Yoshlar bilan manfaatli uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Chimbuloq mahallasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
YIG‘ILISHDA TUMAN ADLIYA BO‘LIMI VA TUMAN ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING 2024-YILDAGI FAOLIYATLARI TAHLIL QILINDI.

Yig‘ilish kun tartibida Vobkent tumani adliya bo‘limi boshlig‘ining 2024-yil IV choragi davomida davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda huquqiy targ‘ibotning holati yuzasidan axboroti hamda  Vobkent tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish va uning profilaktikasi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masalalar ko‘rildi.

Tumanda 2024-yil IV chorak davomida jami 312 ta normativ-huquqiy hujjatlar elektron shaklda kelib tushgan bo‘lib, mazkur normativ-huquqiy hujjatlar 26 ta tuman darajasidagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va tashkilotlariga hamda 44 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga еtkazilgan. Ushbu еtkazilgan normativ-huquqiy hujjatlardan 48 tasi O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, 75 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, shundan, 23 ta Farmon va 52 ta qaror, 104 tasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda 81 tasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining tegishli hujjatlari, tashkil qilgan. Xususan, 2024-yilning IV choragi davomida joylarda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida jami mingdan ortiq qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Shundan, 70 taga yaqin ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash 1000 tadan ortiq inson huquqlarini himoya qilish, 20 tadan ortiq davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohalarida aniqlangan. Bundan tashqari, tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning IV chorak davomida 749 ta murojaat ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan, 661 tasi qanoatlantirilib, 75 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, 13 tasi taalluqliligi bo‘yicha boshqa idora va tashkilotlarga yuborilganligi bildirildi.

  Shuningdek, yig‘ilishda tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar holati tahlil qilindi. Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan sohalarda amaliy ishlar bilan birgalikda qilinishi kerak bo‘lgan bir qator vazifalar yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tishdi.

Mazkur masalalar navbatdagi tuman Kengashi sessiyasida ko‘rilishi belgilangan. 

Slide 1 of 3