35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
24-tavsiya amalda: Mahallada zamonaviy kutubxona tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari U. Rahmanov va S. Azimovalar o‘zlariga biriktirilgan deputatlar bilan birgalikda saylov okruglarida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
янв.21
Xalq deputatlari kengashining Xo‘jaobod tumani deputatlari tomonidan tuman Davlat yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xo'jaobod tumanida "Mahallalarda obodlik va mehr-sahovat oyligi" doirasida keng ko'lamdagi obodonlashtirish ishlari boshlandi.
янв.21
Xo‘jaobod tumanida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash va tizimni modernizatsiya qilish ishlari nazoratga olindi.
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahallada aholi muammolari va “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sog‘lom turmush tarzi – salomatlik garovi
янв.21
Garagura mahallasida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan yangi loyihalar o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglanib, amaliy yordam ko‘rsatildi
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
#qonunchilikdagi_yangiliklar #162_ta_eng_muhim_qonun #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar

🏛 Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatida milliy madaniy merosni asrab-avaylash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirish, madaniyat muassasalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda bolalarni zararli axborotdan himoya qilishga qaratilgan qonun hujjatlarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

📁 Madaniyat va ma’rifatni rivojlantirish, tarixiy merosni kelajak avlodlarga yetkazish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

📝 Madaniyat va ma’rifat sohasi bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim qonunlar:

📝 “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-668 | Qabul qilingan sana: 20.01.2021

🔺 Mazkur qonun madaniyat muassasalari faoliyatini rivojlantirish, madaniy xizmatlar sifatini oshirish hamda milliy madaniyatni asrash va targ‘ib etishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

📝 “Muzeylar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-177 | Qabul qilingan sana: 12.09.2008

🔺 Ushbu qonun muzey fondlarini saqlash, boyitish, ilmiy o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish hamda muzeylar faoliyatini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

📝 “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-280 | Qabul qilingan sana: 13.04.2011

🔺 Mazkur qonun axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini rivojlantirish, aholining axborot resurslaridan erkin foydalanishini ta’minlash va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan.

📝 “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-229 | Qabul qilingan sana: 13.10.2009

🔺 Qonun arxeologik yodgorliklarni muhofaza qilish, ilmiy tadqiq etish va ulardan oqilona foydalanishning huquqiy mexanizmlarini belgilaydi.

📝 “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №269-II-son | Qabul qilingan sana: 30.08.2001

🔺 Mazkur qonun tarixiy, me’moriy va madaniy meros obyektlarini asrash, restavratsiya qilish hamda ulardan samarali foydalanishni tartibga soladi.

📝 “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-444 | Qabul qilingan sana: 08.09.2017

🔺 Ushbu qonun bolalarni ruhiy va jismoniy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan axborotlardan himoya qilish, xavfsiz axborot muhitini yaratish hamda ularning manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

💡 Ushbu qonun hujjatlarini puxta o‘rganish mahalliy Kengash deputatlariga madaniyat va ma’rifat sohasini rivojlantirish, tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylash, kitobxonlikni ommalashtirish hamda yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan islohotlarni samarali qo‘llab-quvvatlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1