35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
24-tavsiya amalda: Mahallada zamonaviy kutubxona tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari U. Rahmanov va S. Azimovalar o‘zlariga biriktirilgan deputatlar bilan birgalikda saylov okruglarida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
янв.21
Xalq deputatlari kengashining Xo‘jaobod tumani deputatlari tomonidan tuman Davlat yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xo'jaobod tumanida "Mahallalarda obodlik va mehr-sahovat oyligi" doirasida keng ko'lamdagi obodonlashtirish ishlari boshlandi.
янв.21
Xo‘jaobod tumanida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash va tizimni modernizatsiya qilish ishlari nazoratga olindi.
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahallada aholi muammolari va “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sog‘lom turmush tarzi – salomatlik garovi
янв.21
Garagura mahallasida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan yangi loyihalar o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglanib, amaliy yordam ko‘rsatildi
DEPUTATLIK ODOBI — JAMOATCHILIK ISHONCHINING MUHIM OMILI

Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati ommaviy axborot vositalari, matbuot anjumanlari, jamoat tadbirlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarida yuksak siyosiy madaniyat va deputatlik odobiga qat'iy rioya etishi lozim.

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining Namunaviy odob-axloq qoidalariga muvofiq, deputat:

Kengash, o‘zini nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya hamda partiya guruhining obro‘-e'tiboriga putur yetkazadigan xatti-harakatlardan tiyilishi;

O‘zining xulqi va muomalasi bilan jamoatchilik ishonchini mustahkamlashi, asosli va konstruktiv tanqidni to‘g‘ri qabul qilishi;

Davlat organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar faoliyatiga oid e'tirozlarini faqat ishonchli dalillar va aniq faktlarga asoslangan holda bayon etishi;

Tekshirilmagan, asossiz yoki yolg‘on ma'lumotlarni tarqatmasligi;

Jismoniy va yuridik shaxslarning sha'ni, qadr-qimmati hamda ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma'lumotlarni e'lon qilmasligi;

Fuqarolar bilan muloqotda odob-axloq me'yorlariga amal qilishi, haqoratli iboralar, asossiz ayblovlar va qonunga xilof harakatlarga undovchi fikrlardan tiyilishi;

Bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborotdan foydalanmasligi shart.

Shuningdek, deputat sud tizimi va sudyalar faoliyati yuzasidan fikr bildirayotganda sud hokimiyatining mustaqilligi va xolisligiga putur yetkazmasligi, tanqid faqat aniq dalillarga asoslangan bo‘lishi hamda sudga hurmatsizlikni ifoda etmasligi lozim.

Agar deputatning ommaviy chiqishlari natijasida fuqaro yoki yuridik shaxsning sha'ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazilgan bo‘lsa, u o‘z xatosini oshkora tan olishi hamda belgilangan tartibda uzr so‘rashi kerak.

Bundan tashqari, deputat boshqa deputatlarning kasbiy yoki shaxsiy fazilatlarini asossiz ravishda shubha ostiga qo‘ymasligi hamda faqat qonunchilikda belgilangan hollardagina Kengash nomidan rasmiy bayonot berishi mumkin.

Deputatning har bir ommaviy chiqishi mas'uliyat, xolislik, qonuniylik va yuksak odob-axloq tamoyillariga asoslanishi xalq ishonchini mustahkamlashning muhim omilidir.