Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov va kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan Yovqochar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash, manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, deputat tomonidan mahalla aholisi bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi. Bildirilgan murojaatlar belgilangan tartibda deputatning "Ko‘cha aylanish daftari"ga qayd etilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

O‘rganish yakunida ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligini yanada oshirish, ehtiyojmand fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 8