#Doimiy_komissiya_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari Z. Turdiyev tomonidan Yangiobod mahallasidagi Yakkasaroy MMTP hududida joylashgan fermer xo‘jaliklariga faoliyati bilan tanishdi.
O'rganish davomida g‘alla o‘rim-yig‘imi ishlarining borishi, hosilni qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, qishloq xo‘jaligi texnikalarining tayyorgarlik holati hamda mavsumiy ishlarning tashkil etilishi bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, hududdagi chorvachilik fermer xo‘jaliklari faoliyati ham o‘rganilib, chorva mollarini parvarishlash, yem-xashak zaxirasini shakllantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish masalalari yuzasidan fermerlar bilan muloqot qilindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|