Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Huquqiy maslahat olish imkoniyatlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
Hududlardagi Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Islom taraqqiyot banki ishtirokida BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida Muzrabot tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi va sifatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Dilmurod Sherboyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov tomonidan “Chegarachi” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur loyiha asosida tumandagi 15 ta mahallada infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Chegarachi” mahallasida ham qurilish va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

O‘rganishlar davomida mahallada joylashgan 22-sonli umumta’lim maktabida “Chinor” MChJ tomonidan qurilayotgan 330 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosidagi ishlar ko‘zdan kechirildi. Ayni vaqtda uch qavatli binoda qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilayotgan bo‘lib, uchinchi qavatda qurilish jarayonlari davom etmoqda.

Loyiha to‘liq yakunlangach, o‘quvchilar uchun zamonaviy talablarga javob beradigan, qulay va sifatli ta’lim olish imkoniyatlari yaratiladi. Shuningdek, hududdagi ta’lim infratuzilmasi yanada mustahkamlanib, ta’lim sifati oshishiga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan doimiy deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Slide 1 of 7