Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Huquqiy maslahat olish imkoniyatlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
Migratsiyadan qaytgan fuqarolar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi

Qo‘qon shahar “Ashurali Zoxiriy” mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Yu.Tuychiyev tashabbusi bilan, mahalla xotin-qizlar faoli G.Boltaboyeva hamda hududdagi 1-sonli oilaviy poliklinika hamshiralari ishtirokida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida migratsiyadan qaytib kelgan xotin-qizlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, farzandlarini belgilangan muddatlarda emlatmagan oilalar bilan manzilli ishlash hamda aholi o‘rtasida profilaktik targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, bolalarni o‘z vaqtida emlashning ahamiyati, yuqumli kasalliklarning oldini olish, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo‘yicha kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan hamda tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi. Davolanish istagida bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy va ijtimoiy yordamlar yuzasidan fikr almashilib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Uchrashuvda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini mustahkamlash hamda migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ijtimoiy moslashtirish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Fuqarolar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4