Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Huquqiy maslahat olish imkoniyatlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
Qaror ijrosi yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 28-martdagi VII-19-28-11-166-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida navbatdagi manzilli monitoring o‘tkazildi.

O‘rganish davomida Marg‘ilon darvozasi MFY Sharq mavzesi, 4-uy 7-xonadonda istiqomat qiluvchi M.Abduraxmonova xonadonida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Tadbirda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Adxamov hamda “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha” doimiy komissiyasi a’zolari ishtirok etib, bajarilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish jarayonida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktor o‘rinbosari I.Karimov tomonidan ta’mirlash ishlari bo‘yicha tegishli hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etildi.

Mutasaddilar tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, foydalanilayotgan materiallarning sifati, ish hajmlari hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan monitoring olib borildi.

Shuningdek, xonadonda amalga oshirilayotgan ishlarning belgilangan loyiha talablari asosida bajarilishi, fuqaroga yaratilayotgan sharoitlar va qurilish jarayonining tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Qaror ijrosini ta’minlash, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun yaratilayotgan sharoitlarni yaxshilash masalalari deputatlar va komissiya a’zolari tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3