Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot
Aholi bilan muloqot — muammolar yechimi sari muhim qadam

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati R.Talipdjanov hamda “Istiqbol” MFY raisi S.Do‘ltayeva ishtirokida mahalla hududida fuqarolar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

Tashrif davomida hududdagi bir qator xonadonlarga kirilib, aholining yashash sharoiti, ijtimoiy holati hamda ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan suhbatlar tashkil etildi.

Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yolg‘iz keksalar va yoshlar bilan alohida muloqot qilinib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.

Fuqarolar tomonidan bandlik, ijtimoiy yordam, kommunal xizmatlar va boshqa masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar qayd etilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Ayrim masalalarni hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilish, qo‘shimcha o‘rganishlar o‘tkazish hamda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuv davomida aholi vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda ko‘tarilgan muammolar bosqichma-bosqich hal etilishi ma’lum qilindi.

Bunday uchrashuvlar fuqarolar bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va amaliy yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4