Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot
Deputatlik so‘rovi ijrosida: fuqarolar murojaatlari e’tiborda!

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati A.Nosirov tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan mas’ul tashkilot tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolarning ijtimoiy himoyasi va qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Kiyim-kechak bilan ta’minlash yo‘nalishida:
Jami 407 ta ariza qabul qilingan;
Shundan 347 ta murojaat ijobiy hal etilgan;
Fuqarolarga 714 million 820 ming so‘mlik yordam ko‘rsatilgan;
60 ta ariza belgilangan mezonlar asosida rad etilgan.

Davolanish va jarrohlik amaliyotlari bo‘yicha:
2 ta murojaat qabul qilingan bo‘lib, ayni paytda ko‘rib chiqish jarayonida.

Uy-joylarni ta’mirlash masalalari yuzasidan:
3 ta murojaat kelib tushgan va ularning barchasi tegishli tartibda o‘rganilmoqda.

Shuningdek, PQ–49-sonli qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan 33 ta ish yakunlanish bosqichiga yetkazilayotgani ma’lum qilindi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning ijtimoiy muammolariga yechim topish va davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamlarning manzilliligini ta’minlash masalalari deputat nazoratida qolmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni izchil davom ettiradi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5