Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Huquqiy maslahat olish imkoniyatlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
Marg‘ilon shahridagi “Dehqon bozori” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi E.Yunusov, komissiya a’zosi M.Raimdjanov va kotibiyat mudiri A.Ermatov tomonidan Marg‘ilon shahridagi “Dehqon bozori” faoliyati o‘rganildi.

Marg‘ilon shahrida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholining kundalik iste’mol mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish hamda bozorlarda narx-navoning barqarorligini saqlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari bir qator mas’ullar bilan birgalikda “Dehqon bozori”ning umumiy faoliyati bilan tanishib, tadbirkorlar va xaridorlar bilan bevosita muloqot o‘tkazdilar.

O‘rganish davomida rastalardagi savdo sharoitlari, mahsulotlarning sifati, saqlanish holati hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi. Ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari, aholiga qulay va hamyonbop sharoitlarda taklif etilishi, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bozordagi oʻrganish jarayonida go‘sht va sut mahsulotlari, tuxum, meva-sabzavotlar, poliz ekinlari hamda boshqa kundalik iste’mol tovarlari narxlari va sifati tahlil qilindi. Shuningdek, bozor hududidagi nazorat-tahlil laboratoriyasi faoliyati ham o‘rganilib, uning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflar bildirildi.

Muloqot davomida deputatlar tomonidan bozor infratuzilmasini takomillashtirish, avtoturargohlar sonini ko‘paytirish, xaridorlar uchun qulayliklarni oshirish hamda savdo sharoitlarini yanada yaxshilash yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Slide 1 of 6