Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot
“Abdurahmon Jomiy” mahallasida Kengash qarori asosida xonadonlar ta’mirlanadi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov Kengash deputati A.Tog‘ay,uratov saylov okrugiga tegishli “Abdurahmon Jomiy” mahallasida bo‘ldilar. Mas’ullar Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 8-apreldagi VII-20-29-8-121-K/26-sonli qarori asosida ta’mirlanishi belgilangan fuqaro Q.Ashuraliyevning xonadoniga tashrif buyurdilar.

💬Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarori ijrosi yuzasidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.

💬Tashrif davomida mazkur xonadondagi mavjud sharoitlar o‘rganilib, ta’mirlash ishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

💬 Ayni vaqtda mazkur xonadonda pudratchi tashkilot quruvchilari tomonidan o‘lchash ishlari amalga oshirilayotgani fuqaro tomonidan bildirildi. Shuningdek, mutasaddilar va quruvchilar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, tayyorgarlik jarayonlari yakunlanib, tez kunlarda xonadonda keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari boshlanishi belgilangan.

💬 Deputatlar mazkur qaror ijrosini o‘z nazoratlarida qoldirib, ta’mirlash ishlari sifati va belgilangan muddatlarga rioya etilishini muntazam kuzatib borishlarini ta’kidladilar.

📌Maqsadimiz — har bir oilaning munosib va shinam uy-joyda yashashiga erishish hamda Kengash qarorlarining amaliy ijrosini ta’minlashdir.

Slide 1 of 2