Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Huquqiy maslahat olish imkoniyatlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 25-maydagi VII-22-42-11-166-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi.

Muhokama davomida mazkur qaror asosida ajratilgan 500 million so‘m mablag‘dan samarali foydalanish, uni “Shikorbegi” va “Muqimiy” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarini obodonlashtirish ishlariga yo‘naltirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, hududlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan obodonlashtirish tadbirlari, zarur qurilish va xo‘jalik ashyolarini xarid qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda tayyorlangan hujjatlar mas’ullar tomonidan ko‘zdan kechirildi.

Yig‘ilishda mablag‘larning maqsadli sarflanishini ta’minlash, ishlarni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Mazkur qaror ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlar deputatlik va jamoatchilik nazoratida bo‘lib, mahallalarda yanada qulay va obod muhit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3