Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Huquqiy maslahat olish imkoniyatlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
Ota-onalarning ta’lim jarayonini onlayn kuzatish imkoniyatlari o‘rganilmoqda

Ota-onalarning ta’lim jarayonini onlayn kuzatish imkoniyatlari o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Tursunqulov tomonidan saylovchilardan kelib tushayotgan murojaatlar hamda ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni samarali joriy etish holatini o‘rganish maqsadida tuman hokimi o‘rinbosari hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Mazkur deputatlik so‘rovida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim tizimini raqamlashtirish, o‘quv jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga qaratilgan qaror va farmonlari ijrosi doirasida umumta’lim maktablarida elektron jurnal va kundalik tizimlaridan foydalanish holati yuzasidan ma’lumotlar so‘ralgan.

Xususan, tumandagi maktablarning elektron tizimlarga ulanish darajasi, ota-onalarning ushbu platformalardan foydalanish ko‘rsatkichlari, o‘quvchilarning baholari va davomatiga oid ma’lumotlarning tizimga o‘z vaqtida kiritilishi, mavjud muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot taqdim etilishi so‘ralgan.

Slide 1 of 2