Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Huquqiy maslahat olish imkoniyatlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
📌 Fuqarolar murojaati ijobiy va tezkor yechim topdi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati D.Xasanova hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan Yangiobod mahallasida yashovchi fuqarolarning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
Ushbu murojaat yuzasidan masala atroflicha tahlil qilinib, Shovot dehqon bozori MCHJ rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🔍 Uchrashuv davomida yakshanba kunlari Az-Zamaxshariy ko‘chasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar tomonidan chiqindilar to‘planib qolayotgani sababli hududning sanitariya holati yomonlashayotgani, bu esa aholi salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani alohida muhokama qilindi.
♻️ Muloqot yakunida mavjud muammoni bartaraf etish, chiqindilarni to‘liq olib chiqish hamda hudud sanitariya holatini tartibga keltirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni 1 kun muddatda amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
🤝 Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan doimiy monitoring olib borilishi belgilandi.
✅ Fuqarolarning murojaatlariga tezkor munosabat bildirish va mavjud muammolarni amaliy hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 2