Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Huquqiy maslahat olish imkoniyatlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
TADBIRKORLIK VA BANDLIK YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

 TADBIRKORLIK VA BANDLIK YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati G.O‘ktamova hamda tuman Kengashi
kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan Taxtako‘prik mahalla fuqarolar
yig‘ini hududida hokim yordamchisi tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish va
aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar manzilli
o‘rganildi.


O‘rganish jarayonida mahallada yangi tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish,
aholini doimiy va daromadli ish bilan ta’minlash, o‘zini o‘zi band qilish
imkoniyatlarini kengaytirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan olib
borilayotgan ishlar tahlil qilindi.


Xususan, deputat va mutasaddilar mahalla hududida faoliyat yuritayotgan sut
mahsulotlarini qayta ishlash kichik korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish
jarayoni, mahsulot sifati, korxonaning iqtisodiy salohiyati hamda ishchilar
uchun yaratilgan mehnat sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.


Shuningdek, korxona faoliyati orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, ishsiz
fuqarolarni bandlikka jalb qilish, mahalliy xomashyodan samarali foydalanish va
aholi daromadlarini oshirish borasida erishilayotgan natijalar muhokama
qilindi.


Muloqotlar davomida tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, ishlab
chiqarish hajmini kengaytirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda aholi
bandligini yanada oshirish masalalari yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.


O‘rganish yakunida hokim yordamchisiga mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish
va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha
tegishli vazifalar belgilab olindi.
  

Slide 1 of 3