Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot
KENGASH DEPUTATI ISHTIROKIDA “SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ” TADBIRI O‘TKAZILDI

Bugun Zarbdor tumani Oqbuloq mahallasidagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Ushbu unutilmas tadbirda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 11-Oqbuloq saylov okrugidan saylangan deputat To‘lqin Qodirov ham ishtirok etdi.

📚 Tadbir davomida deputat bitiruvchilarni hayotlaridagi muhim bosqich bilan samimiy tabriklab, ularga kelgusi o‘qish va mehnat faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, yoshlarni Vatanga sadoqatli, bilimli va tashabbuskor insonlar bo‘lib voyaga yetishga chaqirdi.

Tantanali tadbirda ustozlar, ota-onalar hamda o‘quvchilar ishtirok etib, bitiruvchilarning hayotidagi ushbu quvonchli lahzalar yana bir bor yuksak kayfiyatda nishonlandi.

Slide 1 of 5