Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Huquqiy maslahat olish imkoniyatlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi 27-moddasiga muvofiq muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tuman byudjetining ijrosi hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari ijrosi toʻgʻrisidagi har choraklik va yillik hisobotlarni tegishincha tuman hokimining taqdimnomasiga muvofiq koʻrib chiqish va qabul qilishi, shuningdek, tuman byudjetining tegishli davrdagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotini tuman hokimining taqdimnomasiga muvofiq har chorakda koʻrib chiqish va tasdiqlash hamda tuman mahalliy byudjetlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish belgilangan.

Maʼlum qilinishicha, 2026-yilning I choragi yakunlariga koʻra, Vobkent tumani mahalliy byudjeti daromadlari 35,3 mlrd soʻmni tashkil etib, reja 117,7 foizga bajarilgan. Hisobot davrida mahalliy byudjet xarajatlari jami 41,4 mlrd soʻmni tashkil etgan boʻlib, shundan 21,5 mlrd soʻm yoki 52,1 foizi ijtimoiy soha xarajatlariga yoʻnaltirilgan.

Shuningdek, byudjet ijrosi jarayonida joriy yil I chorak daromadlar prognoz koʻrsatkichlari hamda xarajatlar rejasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish masalalari ham atroflicha koʻrib chiqildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli yigʻilish bayonnomasi ijrosini taʼminlash maqsadida mahalliy byudjetlardagi past samarali xarajatlarni maqbullashtirish hamda byudjet tashkilotlarining ish haqi va ijtimoiy soliq toʻlovlari boʻyicha kutilayotgan xarajatlarini qoplash choralari belgilab olindi.

Slide 1 of 3