Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Huquqiy maslahat olish imkoniyatlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
Deputat faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Dilorom Qodirova tomonidan Vobkent tumanidagi Paxtakor oilaviy shifokorlik punktida aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda bepul berilishi belgilangan dori-darmon vositalarining mavjudligi va aholiga yetkazib berilish holati oʻrganildi.

🔍Oʻrganish davomida shifokorlik punktida murojaat qilayotgan fuqarolar bilan suhbatlar oʻtkazilib, ularning tibbiy xizmatlardan foydalanish jarayonidagi fikr va takliflari tinglandi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan birlamchi tibbiy yordam sifati, navbatlar tizimi, dori vositalarining saqlanish sharoiti hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishiga alohida eʼtibor qaratildi.

💋Mazkur oʻrganish jarayonida ayrim yoʻnalishlarda mavjud muammolar va kamchiliklar yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiya hamda koʻrsatmalar berildi. Taʼkidlanganidek, aholining salomatligini mustahkamlash, ularga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat koʻrsatish, ayniqsa ehtiyojmand fuqarolarni bepul dori-darmon bilan taʼminlash masalalari doimiy deputatlik nazoratida boʻlib qoladi.

🚑Shuningdek, shifokorlik punkti faoliyatini yanada yaxshilash, aholiga qulaylik yaratish hamda tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish lozimligi qayd etildi.

Slide 1 of 5