Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Huquqiy maslahat olish imkoniyatlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Dilorom Qodirova oʻz saylov okrugi hududida joylashgan Qoʻqin mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔍 Tashrif davomida deputat mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi. Xususan, “Obod mahalla” tamoyili asosida hududni obodonlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash, yoshlar bandligini taʼminlash hamda xotin-qizlar faolligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

✍️ Mahalla yettiligi aʼzolari tomonidan hududda mavjud muammolar, infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimi yuzasidan maʼlumot berildi. Deputat tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish boʻyicha zarur choralar koʻrish belgilab olindi.

✔️Uchrashuv yakunida deputat tomonidan mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanini taʼkidladi.

Slide 1 of 4