Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Huquqiy maslahat olish imkoniyatlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi M.Xayrulloyev tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ismatov bilan birgalikda tumandagi jinoyatchilik holatini oʻrganish maqsadida joyiga chiqib tahliliy oʻrganish ishlarini olib bordi.

🔍Oʻrganishlar davomida jinoyatchilik koʻrsatkichlari, ayniqsa oʻgʻrilik hamda oʻrtacha ogʻir tan jarohati bilan bogʻliq holatlar nisbatan yuqori qayd etilgan “Vobkent” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlinib, hududdagi kriminogen vaziyat atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, jinoyatlar sodir etilishiga sabab boʻlayotgan omillar, ijtimoiy muammolar, profilaktik ishlarning samaradorligi hamda mavjud kamchiliklar yuzasidan mutasaddilar bilan fikr almashildi.

👮‍♀️Shuningdek, hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikni kamaytirish, ularning bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Profilaktika inspektorlari faoliyatini yanada kuchaytirish, mahalla faollari va tegishli tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash orqali jinoyatchilikning barvaqt oldini olish mumkinligi taʼkidlandi.

📎Oʻrganish yakunida mavjud muammolarni tizimli bartaraf etish, manzilli profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda hududda xavfsiz va osoyishta muhitni taʼminlash boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

📌Mazkur oʻrganishlar deputatlik nazoratining muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib, aholi xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning tinch va osoyishta hayot kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5