Uchrashuv davomida Bobur mahallasi, Maktab ko‘chasining davlat dasturiga kiritilgan 700 metr qismini asfaltlash ishlari hamon boshlanmaganligi tanqidiy ko‘rib chiqildi. Shuningdek, "og‘ir hudud" toifasiga kiritilgan "Neftchilar" mahallasidagi Nashida ko‘chasini 1 km hamda Al-Farobiy ko‘chasini 1,1 km asfaltlash, qo‘shimcha 2 km yo‘lga shag‘al yotqizish masalalari deputat nazoratiga olindi.
Elektr ta’minoti bo‘yicha ham kamchiliklar aniqlanib, Nashida ko‘chasidagi 77 dona hamda Al-Farobiy ko‘chasidagi 79 dona eskirgan yog‘och ustunlarni beton ustunlarga almashtirish zarurligi qayd etildi. Ayniqsa, Al-Farobiy ko‘chasida boshlangan ishlar oxiriga yetkazilmagani, xususan, 55 dona beton ustun o‘rnatilmasdan qolib ketganligi aholi e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.
⚫Mazkur infratuzilma muammolarini bartaraf etish yuzasidan tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda Elektr tarmoqlari korxonasi rahbariga tegishli deputatlik so‘rovlarini yuborish belgilandi.