✍️Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida xodimlar o‘rtasida kunlik topshiriqlar taqsimoti amalga oshirildi.
✍️Mazkur jarayonda har bir xodimning vazifalari aniq belgilab berilib, ijro intizomini mustahkamlash, ish samaradorligini oshirish hamda belgilangan rejalar asosida tizimli faoliyat yuritish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✍️Shuningdek, topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, nazorat mexanizmlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
✍️Bu kabi tizimli yondashuvlar kotibiyat faoliyatining samaradorligini oshirishga hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.