Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot
янв.21
Yoshlar bilan manfaatli uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Chimbuloq mahallasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
Yoshlar sport bilan — mahalla taraqqiyot bilan!

“Chorchinor” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida navbatdagi ezgu tashabbus amalga oshirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Y.To‘ychiyev tashabbusi hamda saxovatpesha homiylar ko‘magida mahalla hududida bolalar uchun karate sport seksiyasi tashkil etildi.

Avvalroq mahallada sport to‘garaklarini tashkil etish uchun mos joy va zarur sharoitlarning yetishmasligi muammo bo‘lib kelayotgan edi. Deputatning tashabbuskorligi va homiylarning amaliy yordami natijasida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun maxsus joy ajratilib, sport bilan shug‘ullanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.

Karate sport seksiyasining ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbir davomida yosh sportchilar o‘zlarining ilk mahorat chiqishlarini namoyish etib, ota-onalar va mahalla faollarida katta taassurot qoldirdilar.

Ayniqsa, bolajonlarning sportga bo‘lgan qiziqishi, intilishi va ko‘zlaridagi quvonch tadbir ishtirokchilariga alohida kayfiyat ulashdi. Ota-onalar esa farzandlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini bildirib, tashkilotchilar va homiylarga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

Ta’kidlanganidek, yoshlarni sportga jalb qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi bunday tashabbuslar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

Mazkur sport seksiyasining tashkil etilishi mahallada sog‘lom muhitni shakllantirish, yoshlarning sportga qiziqishini oshirish hamda ularni turli salbiy illatlardan asrashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2