Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Huquqiy maslahat olish imkoniyatlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
Nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Angor tuman Kengashi 9-Ulug‘bek saylov okrugi deputati Sultonova O‘g‘iloy tomonidan hududdagi 22-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida nazorat-tahlil tadbiri olib borildi. O‘rganishlar davomida mazkur muassasaning 90 o‘rinli bo‘lib, 4 ta guruhdan iborat ekani qayd etildi. Deputat tomonidan mashg‘ulot xonalari va yotoqxona xonalari ko‘zdan kechirilib, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda infratuzilmaning holati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, muassasa xodimlari bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifatini oshirish hamda bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Nazorat-tahlil tadbiri yakunida aniqlangan holatlar asosida zarur choralar ko‘rish bo‘yicha deputat tomonidan vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1