Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot
янв.21
Yoshlar bilan manfaatli uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Chimbuloq mahallasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

Joriy yilning 22-aprel kuni xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Gapparov Xusniddin Shaxritdinovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Toyirovlar bilan Navoiy shahridagi "Muruvvat" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi o‘rtasida ochiq muloqot shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish, ularning taklif va murojaatlarini tinglash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan masalalarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi uzluksizligini ta’minlash, bandlik masalalari hamda yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga oid qator taklif va muammolar ko‘tarildi. Deputat tomonidan har bir murojaat atroflicha tinglanib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni hal etish yuzasidan aniq choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuvda aholining huquqiy madaniyatini oshirish, ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish hamda mahalla infratuzilmasini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yakunda fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘rnatilgani, bunday uchrashuvlar aholi muammolarini joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Slide 1 of 6