Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot
янв.21
Yoshlar bilan manfaatli uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Chimbuloq mahallasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
Deputat nazorati

Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputati Gulasal Raxmonova tumandagi 13-sonli umumtaʼlim maktabida amalga oshirilgan taʼmirlash ishlari yuzasidan oʻrganish oʻtkazdi.

"Samarqand darvoza" mahallasi hududidagi 13-sonli umumtaʼlim maktabining taʼmirga muhtoj boʻlgan faollar zali “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2025-yil 2-mavsumida g‘olib bo‘lgan. O'rganish jarayonida pudratchi tashkilot tomonidan maktabning faollar zali zamonaviy talablar asosida toʻliq taʼmirdan chiqarilgani ma'lum bo'ldi.

Shuningdek, oʻrganish davomida maktab rahbariyati tomonidan maktabning zali zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangani, interyer va sharoitlar toʻliq yangilangani hamda oʻquvchilar va oʻqituvchilar uchun qulay muhit yaratilgani to‘g‘risida ma'lumot berildi. 

Bundan tashqari, maktab masʼullari tomonidan ushbu zal maktab hayotidagi muhim tadbirlar, uchrashuvlar va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar uchun xizmat qilishi aytib oʻtildi. 

Oʻrganish yakunida deputat tomonidan yangilangan maktab zali yoshlarimiz kelajagi uchun muhim ekanligi ta'kidlandi. 

Slide 1 of 1