Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot
янв.21
Yoshlar bilan manfaatli uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Chimbuloq mahallasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
Deputat axboroti

Deputat G.Raxmanova tomonidan 2026 yilning birinchi choragi davomida hududda aholi bilan tashkil etilgan qabullar, ochiq muloqotlar, kommunal va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilgan ishlar hamda o’rganish va mavjud muammolarni hal etish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar to’g’risida to’htalib o’tildi.

Hususan, mahallalarda 2 ta sayyor qabullar va 2 ta ochiq muloqotlar tashkil etildi va fuqarolarning murojaat va takliflari asosida muammolarni hal etish bo’yicha mas’ul tashkilotlarga 2 ta deputatlik so’rovlari yuborildi.

Shuningdek, 2026-yilning birinchi choragida maktab va tibbiyot muassasalari holati o’rganilganda 13-sonli umumta’lim maktabida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish hamda yoshlar va kam ta’minlangan oilalarni qo’llab-quvvatlash masalalari ijobiy hal etildi. 

Bundan tashqari, uchrashuvda deputatlik faoilyatiga oid 24 ta savolnoma bo’yicha ichki yo'llarni ta’mirlash, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlarni va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash masalalari bo’yicha mahalla faollari bilan o’rganish o’tkazildi hamda mas’ullarning axboroti tinglandi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar bo'yicha joyiga chiqib o’rganildi hamda aniqlangan muammolarni ijobiy bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi ma’lum qilindi.  

Uchrashuv yakunida deputat tomonidan saylovchilar manfaatlarini himoya qilish va aholi muammolarini tizimli ravishda hal etish deputatlik faoliyatining asosiy maqsadi ekanligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1