Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot
янв.21
Yoshlar bilan manfaatli uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Chimbuloq mahallasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
Deputat so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tashmuhamedova Muhabbat Baxtiyorovna tomonidan yuborilgan 21-ds-413-26-sonli so‘rov bo‘yicha rasmiy javob olingan. Mazkur so‘rovda tumandagi 2-Qatortol va Botirma ko‘chalari kesishmasida joylashgan irrigatsiya tarmog‘i ustidan piyodalar uchun xavfsiz va qulay o‘tish yo‘lagini tashkil etish, xususan, ko‘prik qurish zarurati ko‘tarilgan edi. 

Chilonzor tumani hokimligi tomonidan taqdim etilgan javobga ko‘ra, ushbu hududdagi masala mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganilgan. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, bunday turdagi qurilish ishlari tasdiqlangan manzilli dastur asosida va mablag‘ ajratilgandan so‘ng belgilangan tartibda amalga oshirilishi ma’lum qilingan. Shuningdek, hozirda mazkur manzilda irrigatsiya tarmog‘i ustida beton ko‘prik mavjudligi qayd etilgan. 

Mazkur masala deputat nazoratida bo‘lib, fuqarolar uchun xavfsiz va qulay infratuzilma yaratish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1