Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot
янв.21
Yoshlar bilan manfaatli uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Chimbuloq mahallasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
#tavsiyalar_asosida

#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A.Yangiyev, kotibiyat mudiri Sh.Isamutdinov hamda bosh mutaxassislar I.Ikromov va Z.Temirovalar Zirobod MFYda yangi kutubxona ochilishiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi. Ushbu jarayonda Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari faol ishtirok etib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Deputatlar tomonidan kutubxona binosining tayyorgarlik holati, jihozlanishi, kitob fondini shakllantirish va o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kutubxonani zamonaviy adabiyotlar bilan boyitish hamda uning samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar jarayonida kutubxona nafaqat yoshlar, balki barcha aholi qatlamlari uchun ma’naviy-ma’rifiy maskan bo‘lishi lozimligi alohida ta’kidlandi. Deputatlik nazorati asosida olib borilayotgan ushbu ishlar ochilish marosimini yuqori saviyada tashkil etishga xizmat qilmoqda.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 7