Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot
янв.21
Yoshlar bilan manfaatli uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Chimbuloq mahallasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
#24_ta_masala #kotibiyat_mudiri ✨ Qo‘chqor Qarshiyev mahallasida sanitariya holati va chiqindi muammolari o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov o‘z saylov okrugida joylashgan Qo‘chqor Qarshiyev mahallasida deputatlar S.Abdug‘aniyev hamda M.Raximov bilan birgalikda o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida mahalladagi yangi qurilgan ko‘p qavatli uylar hududida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati, shuningdek, atrof-muhit tozaligi ko‘zdan kechirildi.

Natijalarga ko‘ra, hududda mavjud chiqindi konteynerlari soni yetarli emasligi, bu esa chiqindilarni o‘z vaqtida va tartibli yig‘ishda muammolarni keltirib chiqarayotgani aniqlandi. Shu bilan birga, qo‘shimcha chiqindi konteynerlari o‘rnatish hamda zamonaviy talablar asosida chiqindixona tashkil etish zarurligi qayd etildi.

Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berilib, hududda sanitariya holatini yaxshilash, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Obodonlashtirish va tozalik — umumiy mas’uliyatimiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 4