Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Huquqiy maslahat olish imkoniyatlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
KENGASH QARORI IJROSI MUHOKAMA QILINDI

 KENGASH QARORI IJROSI MUHOKAMA QILINDI 

  

🔹 Doimiy komissiya raisi O.Dadajonova tashabbusi bilan Farg‘ona tuman Kengashining
qarori ijrosi yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda 2026 yil davomida
93,1 mln. dollar hajmida xorijiy investitsiyalar jalb qilish va 4 ta eksportbop
yuqori texnologiyali korxona tashkil etish vazifasi doirasida mas’ullarning hisobotlari
tinglandi.
 

🔹 Tumanda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda: 100 mln dollarlik
"Farg‘ona Yevroosiyo xalqaro savdo markazi" va 142 mln dollarlik chiqindilarni
yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi. Bundan tashqari, meva-sabzavot,
quritilgan mevalarni eksport qilish, malina yetishtirish va gul plantatsiyasi kabi
bir qator eksportbop loyihalar ham faol davom etmoqda.
 

🔹 Kotibiyat mudiri Sh.Rahimov 1-chorak yakunlari bo‘yicha ijobiy natijalarga
erishilganini qayd etib, loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish va eksport hajmini
yanada oshirish zarurligini ta’kidladi.
  

Slide 1 of 4