Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Chimbuloq mahallasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
“Olmazor” mahallalasida “mahalla yettiligi” faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 19-Qizil olma saylov okrugidan saylangan deputat Artikova Umida Djumayevna tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov hamrohligida tumandagi “Olmazor” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishib, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniylar va mahalla faollari bilan muloqot qildi, ularning takliflarini eshitdi.

Suhbatlar avvalida aholiga so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, qabul qilingan yangi qonunlarning ahamiyati, Prezident Farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berildi.

“Mahalla yettiligi” xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyati tahlil qilindi. Aholi bilan ishlash mexanizmlari, murojaatlarni qabul qilish tartibi, muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, reja-jadvallar va ijro intizomi ham tahlil qilinib, faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Ayrim masalalar bo‘yicha joyida tushuntirishlar berilib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. Mahalla yettiligi bilan fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlardagi muammolar bo‘yicha ham joyiga borgan holda o‘rganildi. Masalalarni hal etilishi yuzasidan deputatlik so‘rovlarini tashkilotlarga jo‘natish bo‘yicha vazifa belgilab olindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida muloqot o‘tkazilib, mahalla yettiligi a’zolarining ish jarayonida uchrayotgan muammolari ham tinglandi. Ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, hamkorlikni kuchaytirish hamda aholi murojaatlariga tezkor va natijador yechim berish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6