Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
янв.21
Orday mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
ISH REJASI (2026-yil 30-mart – 3-aprel)

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining haftalik

ISH REJASI (2026-yil 30-mart – 3-aprel)

 30-mart kuni Namangan shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limining 2026-yil 26-martdagi 07-01/633-sonli xatiga asosan:

— 2026-yilda Namangan shahri bo‘yicha alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi;

— umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalarini oshirish;

— “Ochiq budjet” axborot portali orqali fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar bo‘yicha g‘olib loyihalarni tasdiqlash va mablag‘larni yo‘naltirish masalalari

Shahar hokimining birinchi o'rinbosari D.Umurzoqovni kengash raisi nomiga yozgan bildirishnomasiga asosan:

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondoshuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-son qarori ijrosi to‘g‘risida

 “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”da ko‘rib chiqiladi.

Mas’ullar: Kotibiyat mudiri, bosh mutaxassislar

 31-mart kuni Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 10-Ma’rifat saylov okrugi deputati A. Raxmotullayev tomonidan “Obod” MFYda aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, murojaatlar va takliflar o‘rganiladi.

Mas’ullar: Kotibiyat mudiri, bosh mutaxassislar

 1-aprel kuni Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 1-Sanoat saylov okrugi deputati N. Sadritdinov tomonidan “Oltitosh” MFYda:

— aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati;

— kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash holati o‘rganiladi.

Mas’ullar: Kotibiyat mudiri, bosh mutaxassislar

 2-aprel kuni:

— Kengash raisi tomonidan 3-Yangi qurilish okrugi “Yangi hayot” MFYda;

— Kengash kotibiyati mudiri tomonidan 25-Yuksalish okrugi “Madaniy-ma’rifat” MFYda “Mahalla yettiligi” ishtirokida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Shuningdek, “Deputatlar kuni” munosabati bilan barcha deputatlar tomonidan saylov okruglarida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, hududlardagi muammolarni o‘rganish hamda nazorat-tahlil ishlari amalga oshiriladi.

Mas’ullar: Kotibiyat mudiri, bosh mutaxassislar

 3-aprel kuni Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 9-Dashtbog‘ saylov okrugi deputati I. Kamalov tomonidan “Zarafshon” va “Zarkent” MFYlarda maishiy chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganiladi.

Mas’ullar: Kotibiyat mudiri, bosh mutaxassislar