Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Chimbuloq mahallasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
25-Yakkabog' saylov okrugidan saylangan deputat Mirzaulukov Zafar Zohid o'g'liga biriktirilgan xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mirzayeva Hulkar tomonidan Yakkabog' mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uy liftining texnik holati o‘rganildi

25-Yakkabog' saylov okrugidan saylangan deputat Mirzaulukov Zafar Zohid o'g'liga biriktirilgan xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mirzayeva Hulkar tomonidan Yakkabog' mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uy liftining texnik holati o‘rganildi.

 O‘rganishlar davomida liftning uzluksiz va xavfsiz ishlamayotgani aniqlandi. Xususan, liftning 5-qavatgacha to‘xtamasdan chiqib ketishi, tugmalarining nosozligi hamda qisqa muddat ishlab, uzoq vaqt ishlamay qolishi holatlaridan aholi e'tiroz bildirishdi.

Mazkur holatlar quyidagi qonuniy talablarga zid hisoblanadi:

— O‘zbekiston Respublikasining “Uy-joy kommunal xizmatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 22-moddasiga muvofiq, kommunal xizmatlar (jumladan lift xizmati) iste’molchilarga sifatli, uzluksiz va xavfsiz tarzda ko‘rsatilishi shart;

— ushbu Qonunning 24-moddasiga ko‘ra, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar muhandislik kommunikatsiyalari va uskunalarning (liftlarning) soz holatda bo‘lishini ta’minlashi va o‘z vaqtida ta’mirlashi shart;

— O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 4-moddasiga muvofiq, har bir fuqaro sifatli va xavfsiz xizmatdan foydalanish huquqiga ega;

— mazkur Qonunning 12-moddasiga ko‘ra, xizmat sifatsiz ko‘rsatilganda, iste’molchi uni bartaraf etishni talab qilish huquqiga ega. 

Ayniqsa, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yosh bolali oilalar uchun bunday holatlar haqli e'tirozlarni keltirib chiqarmoqda. Deputat bilan birgalikda ushbu masala yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritish, liftlarni to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazish hamda nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rish belgilab olindi.

Slide 1 of 8