Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Chimbuloq mahallasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
Tomorqadan unumli foydalanish masalalari oʻrganildi

 Tomorqadan unumli foydalanish masalalari oʻrganildi 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi raisi Z.Ashurov, kotibiyat mudiri R.Nodirov,
kotibiyat bosh mutaxassisi A.Fozilov, kengash huzuridagi yoshlar maslahat
guruhi vakillari Katta Dehqonobod mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, mahallada
aholi tomonidan tomorqadan samarali foydalanish boʻyicha amalga oshirilayotgan
ishlar bilan yaqindan tanishdilar. 

Tashrif davomida “mahalla yettiligi” tomonidan aholining bandligini taʼminlash,
daromadini oshirish va yerdan unumli foydalanish maqsadida olib borilayotgan
ishlar manzilli oʻrganildi. xususan, dehqonchilik yoʻnalishida oilaviy
tadbirkorlikni yoʻlga qoʻygan fuqaro Sh.Dadaboyev xonadonida boʻlib,
issiqxonada yetishtirilayotgan pomidor va bodring koʻchatlarini yetishtirish,
parvarishlash, agrotexnik ishlov berish hamda hosildorlikni oshirish boʻyicha
amalga oshirilayotgan ishlar va tajribasi bilan yaqindan tanishildi. 

Mutasaddilar tomonidan ushbu tajribani kengaytirish, aholi oʻrtasida ommalashtirish,
shuningdek, tomorqadan yanada samarali foydalanish boʻyicha amaliy tavsiyalar
berildi.  

Slide 1 of 3