Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Chimbuloq mahallasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
FHDY bo‘limi faoliyati hamda normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati M.Ergasheva tomonidan shahardagi FHDY bo‘limi mudiri F.Barakayevning faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimi, jumladan nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish, oila bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarni tartibga solish, tug‘ilganlik, nikoh va ajrim holatlari bo‘yicha guvohnomalarni rasmiylashtirish, shuningdek fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini yuritish holati tahlil qilindi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli Qarori — “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida” ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Mazkur qaror talablarining amaliyotga joriy etilishi, sohaga oid hujjatlarning yagona tizim asosida yuritilishi hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati, murojaatlar bilan ishlash tizimi, elektron platformalardan foydalanish darajasi, arxiv hujjatlarini saqlash va yuritish holati yuzasidan tahlillar olib borildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qonunchilik talablariga to‘liq rioya etilishini ta’minlash hamda xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

Mazkur o‘rganish ishlari FHDY bo‘limlari faoliyatini takomillashtirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda davlat xizmatlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3