Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot
янв.21
Yoshlar bilan manfaatli uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Chimbuloq mahallasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 26-Toshxovuz saylov okrugi deputati R.Axmadulin tomonidan joriy yilning bugungi kunida 24-tavsiya ijrosi yuzasidan Andijon shahridagi “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari amalga oshirild

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 26-Toshxovuz saylov okrugi deputati R.Axmadulin tomonidan joriy yilning bugungi kunida 24-tavsiya ijrosi yuzasidan Andijon shahridagi “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari amalga oshirildi. 🏛

O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, obodonlashtirish, bandlikni ta’minlash hamda aholi muammolarini hal etish borasidagi ishlar atroflicha tahlil qilindi. Mahalla tizimida olib borilayotgan ishlarning samaradorligi, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 📊

Shundan so‘ng deputat tomonidan fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazilib, aholi murojaatlari tinglandi. Xususan, “Navro‘z” MFY Maxjuriy ko‘chasi 79-uyda yashovchi fuqaro Maxammadjonova Madinabonu o‘zining murojaatini bildirib, mavjud muammosi yuzasidan amaliy yordam so‘radi. 

Mazkur murojaatni joyida o‘rganish va tezkor hal etish maqsadida Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R.Ziyayev, kotibiyat bosh mutaxassisi D.Sodiqjonov hamda shahar hokimligining qurilish bo‘limi mutaxassisi A.Abdullayevlar jalb etildi. 👥

Mutasaddilar tomonidan murojaat joyiga chiqqan holda batafsil o‘rganilib, muammoning kelib chiqish sabablari tahlil qilindi hamda uni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi tomonidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berilib, murojaatni qisqa muddatlarda ijobiy hal etish yuzasidan nazorat o‘rnatildi. ✅

Shuningdek, bunday ochiq muloqotlar orqali fuqarolarning murojaatlarini joyida o‘rganish va tezkor hal etish, hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. 

Slide 1 of 6