Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot
янв.21
Yoshlar bilan manfaatli uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Chimbuloq mahallasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri, 20-Devonaboy saylov okrugi deputati B.Mo‘ydinov Andijon shahar Yorboshi MFYda bo‘lib, hududda mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida aholi va mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

#Deputatlik_faoliyati #deputat_hududlarda

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri, 20-Devonaboy saylov okrugi deputati B.Mo‘ydinov Andijon shahar Yorboshi MFYda bo‘lib, hududda mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida aholi va mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahalla raisi tomonidan hududdagi dolzarb masalalardan biri sifatida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo alohida ta’kidlandi. Xususan, mavjud elektr tarmoqlarini tuman elektr tarmoqlari balansidan shahar elektr tarmoqlari tasarrufiga o‘tkazish zarurligi bildirildi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan joyida o‘rganilib, masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilindi. Shuningdek, muammoni tizimli hal etish maqsadida viloyat darajasidagi deputatga tegishli aloqa xatlari yuborildi.

Viloyat deputati tomonidan ushbu murojaat o‘rganib chiqilmoqda va masala yuzasidan Andijon viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga deputat so‘rovi yuborish choralari ko‘rilmoqda

Slide 1 of 3