Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
янв.21
Orday mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Farg‘ona shahar Kengashi deputati M.Raximova "Mirzo Ulugʻbek" mahallasida bo'ldi.

Farg‘ona shahar Kengashi deputati M.Raximova "Mirzo Ulugʻbek" mahallasida bo'ldi.

📌 Farg‘ona shahar Kengashi deputati M.Raximova hamda O‘zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashi apparat rahbari Sh.Komilova boshchiligida  hududlardagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish sifati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida “Mirzo Ulug‘bek” MFY hududida faoliyat yuritayotgan “Rustam UJKX” boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) ishi alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

✅ Mazkur BSK tasarrufida jami 34 ta ko‘p qavatli uy mavjud.

Aholi murojaatlari bilan ishlash uchun doimiy dispetcherlik xizmati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, muammolar o‘z vaqtida hal etib kelinmoqda.

✅ O‘zbekiston ovozi ko‘chasi, 16-uy: 3 ta kirish yo‘lagi (podyezd), eshik va romlar to‘liq joriy ta’mirdan chiqarildi.

Ahmad Yassaviy ko‘chasidagi 41 va 52-uylar hamda O‘zbekiston ko‘chasidagi 14-uylarning tom qismlarida joriy ta’mirlash ishlari yakunlandi.

✅ Kompaniya rahbari Maqsajon Hasanovning ta’kidlashicha, korxonada 8 nafar malakali texnik xodim faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan santexnika, elektr tarmoqlarini sozlash va hududni obodonlashtirish ishlari muntazam olib borilmoqda.

✅ Tadbir davomida hududni obodonlashtirish ishlari holati ham atroflicha o‘rganildi. Deputat va partiya vakillari tomonidan xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish hamda aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish bo‘ycha zarur tavsiyalar berildi.

🔗Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi

👉 https://t.me/farkengashrasmiy

Slide 1 of 6