Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot
янв.21
Yoshlar bilan manfaatli uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Chimbuloq mahallasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
Aholini qiynagan kanal muammosi deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Mamanova Karomat Suvonobod mahallasi aholisini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan muammo — ichki kanal holatini o‘rganish maqsadida hududga tashrif buyurdi.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, mazkur kanalning tozalanmaganligi va texnik holatining yomonlashgani tufayli suv oqimi sekinlashgan, ayrim joylarda esa to‘planib qolish holatlari yuzaga kelgan. Bu esa aholi uchun noqulayliklar tug‘dirib, sanitariya holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Deputat Karomat Mamanova hududda yashovchi fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazib, ularning murojaat va takliflarini tingladi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda muammoni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Slide 1 of 6