35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ўзбекистон Халқ демократик партиясидан сайланган 14-“Навбаҳор” сайлов округи депутати М.Саидахмедова Навбахор маҳалласида
янв.21
Халқ депутатлари Хатирчи туман Кенгаши котибияти бош мутахассиси Ш.Камолов ҳамда Ўзбекистон Экологик партияси Хатирчи туман Кенгаши раиси Қ.Олимовлар бошқарув компаниялари фаолиятининг самарадорлигини ўрганиш бўйича мониторинг ишлари амалга оширилди.
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши котибияти бош мутахассиси Ш.Камолов томонидан 8-Амир Темур сайлов округида
янв.21
24-«Ангидон» сайлов округи депутати Рахмонбердиев Азизбек Зарифович Бахшижар маҳалласида
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгашининг 2022 йил 21 сентябрдаги “Уй-жойга муҳтож хотин-қизларни уй-жой билан таъминлаш ҳамда бошпанасиз, оғир турмуш шароитига тушиб қолган фуқароларнинг яшаш шароитларини яхшилаш чора-тадбирлари тўғрисида”ги VI-59-93-5-77-K/22-сонли қарори ижросини таъминлаш буйича ишлар амалга оширилди
янв.21
Ўзбекистон Халқ демократик партиясидан сайланган 14-“Навбаҳор” сайлов округи депутати М.Саидахмедова Чинобод маҳалласида
янв.21
Ўзбекистон Халқ демократик партиясидан сайланган 14-“Навбаҳор” сайлов округи депутати М.Саидахмедова Бинокор маҳалласида
янв.21
Халқ депутатлари Хатирчи туман Кенгаши котибияти бош мутахассиси Т. Ярашев ҳамда Ўзбекистон Экологик партияси туман бўлими раҳбари Қ.Олимовлар атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва аҳоли ўртасида экологик маданиятни оширишга қаратилган экорейд тадбири ўтказилди.
янв.21
Ўзбекистон Миллий тикланиш демократик партиясидан сайланган 1-«Зарафшон» сайлов округи депутати, туман ҳокими Адизов Умиджон Ҳасанович туманда барпо этилаётган “Умуммиллий бирдамлик боғи”да
янв.21
Олий Мажлис Сенатининг 2025 йил 14 январдаги КҚ-35-V-сонли қарори ижросини таъминлаш
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 4-sessiyasi 2025-yilning 22-yanvar kuni soat 09:00 Ishtixon tumani hokimligi katta majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 4-sessiyasi

KUN TARTIBI:

1. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan 2024-yil davomida amalga oshirgan ishlar to‘g‘risida hamda 2025-yil I choragiga mo‘ljallangan “Yo‘l xarita”sini tasdiqlash to‘g‘risida tuman sektor rahbarlarining hisoboti haqida.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmonini ijrosi yuzasidan tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va uning natijalari to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Q.Nuriddinovning hisoboti haqida.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-39-sonli Qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Q.Nuriddinov hisoboti haqida.

4. Tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2024-yil IV chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i L.Bolishevning axboroti haqida.

5. Tumandagi korxona va tashkilotlarda 2024-yil davomida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni va shu sohada qabul qilingan normativhuquqiy hujjatlar ijrosi bajarilishi yuzasidan tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi O.Tojixonovning axboroti haqida.

6. Ishtixon tumanida 2024-yil davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Tog‘ayevning hisoboti haqida.

7. Ishtixon tumanida 2024-yil davomida jamoat xavfsizligi ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari - Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i A.Ubaydullayevning hisoboti haqida.

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy budjetlarga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha soliq va iqtisodiyot va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5283-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i v.b O.Usmonovning hisoboti haqida.

9. Ishtixon tumani bo‘yicha 2025-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qa’ridan foydalanganlik uchun bazaviy soliq stavkalariga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llash to‘g‘risida.

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy budjetlarga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha soliq va iqtisodiyot va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5283-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari A.Shoniyazovning hisoboti haqida.

11. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi O‘RQ-684-son “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, ya’ni davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillari bo‘yicha tuman G‘aznachilik bo‘limi boshlig‘i J.Xaydarovning hisoboti haqida.

12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-5-V-sonli Qarori ijrosi bo‘yicha tuman byudjetlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomning yangi tahriri va tumanda jamoatchilik fikri asosida shakllangan loyihalarni baholash, saralab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiyalar tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.

13. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiya Nizomi va komissiya tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.

14. Ishtixon tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida.

15. Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2024-yil 25-maydagi VI-121-95-7-95-K/24-sonli qarorining 3-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

Slide 1 of 1