35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ўзбекистон Халқ демократик партиясидан сайланган 14-“Навбаҳор” сайлов округи депутати М.Саидахмедова Навбахор маҳалласида
янв.21
Халқ депутатлари Хатирчи туман Кенгаши котибияти бош мутахассиси Ш.Камолов ҳамда Ўзбекистон Экологик партияси Хатирчи туман Кенгаши раиси Қ.Олимовлар бошқарув компаниялари фаолиятининг самарадорлигини ўрганиш бўйича мониторинг ишлари амалга оширилди.
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши котибияти бош мутахассиси Ш.Камолов томонидан 8-Амир Темур сайлов округида
янв.21
24-«Ангидон» сайлов округи депутати Рахмонбердиев Азизбек Зарифович Бахшижар маҳалласида
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгашининг 2022 йил 21 сентябрдаги “Уй-жойга муҳтож хотин-қизларни уй-жой билан таъминлаш ҳамда бошпанасиз, оғир турмуш шароитига тушиб қолган фуқароларнинг яшаш шароитларини яхшилаш чора-тадбирлари тўғрисида”ги VI-59-93-5-77-K/22-сонли қарори ижросини таъминлаш буйича ишлар амалга оширилди
янв.21
Ўзбекистон Халқ демократик партиясидан сайланган 14-“Навбаҳор” сайлов округи депутати М.Саидахмедова Чинобод маҳалласида
янв.21
Ўзбекистон Халқ демократик партиясидан сайланган 14-“Навбаҳор” сайлов округи депутати М.Саидахмедова Бинокор маҳалласида
янв.21
Халқ депутатлари Хатирчи туман Кенгаши котибияти бош мутахассиси Т. Ярашев ҳамда Ўзбекистон Экологик партияси туман бўлими раҳбари Қ.Олимовлар атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва аҳоли ўртасида экологик маданиятни оширишга қаратилган экорейд тадбири ўтказилди.
янв.21
Ўзбекистон Миллий тикланиш демократик партиясидан сайланган 1-«Зарафшон» сайлов округи депутати, туман ҳокими Адизов Умиджон Ҳасанович туманда барпо этилаётган “Умуммиллий бирдамлик боғи”да
янв.21
Олий Мажлис Сенатининг 2025 йил 14 январдаги КҚ-35-V-сонли қарори ижросини таъминлаш
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA BIR QATOR MUHIM MASALALAR KO‘RILDI.

Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yigʻilishida Vobkent tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yilda rejalashtirigan ishlar to‘g‘risida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Yigʻilishda, doimiy komissiya raisi A.Qurbonov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Naimova, komissiya a’zolari D.Qodirova, D.Xaitova, A.Kenjaev, tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi vakillari ishtirok etishdi.

Tumanda 2024-yilda jami 18630 nafar fuqarolarning bandligini ta’minlash rejalashtirilgan bo‘lib, 1-dekabr holatida amalda barcha soha va yo‘nalishlarda 21827 nafar ya’ni 117,0 foizga fuqarolarning quyidagi yo‘nalishlarda bandligi ta’minlangan. 2024-yilda ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha joriy yilning yanvar-dekabr oylari mobaynida tashkil qilingan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar soni 463 nafarni tashkil etgan. Tumanda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholini tadbirkorlikga jalb qilish maqsadida 2024 yil yanvar-noyabr oylarida “Har bir oila – tadbirkor” Davlat dasturi doirasida 2 183 ta jismoniy shaxslarga jami 32,5 mlrd.so‘m imtiyozli kreditlar mablag‘lari ajratilgan.

Shuningdek, tumandagi hokim yordamchilar tomonidan 2024-yil yanvar-noyabr oylari davomida jami 273 nafar fuqarolarga 1 418,1 mln.so‘mlik 10 turdagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar o‘z faoliyatini boshlashi uchun kerak bo‘ladigan asbob-uskuna yoki mehnat qurollari olib berilgan va shu bilan birgalikda ularni o‘zini-o‘zi band qilingan.

Tumanda 2025-yilda jami 20241 nafar fuqarolarning bandligini ta’minlash rejalashtirilgan.

Aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida qichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun 369,4 mlrd.so‘m va dasturlar doirasida 71,6 mlrd.so‘m hamda Respublika byudjetidan mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun 13,0 mlrd.so‘m va 1,8 mlrd.so‘m subsidiya mablag‘lari ajratish rejalashtirilgan.

2025-yil yakuniga qadar kambag‘allik darajasini 7,4 foizdan 5,5 foizga va ishsizlik darajasini 5,2 foizdan 4,9 foizga tushirilishi rejalashtirilganligi ta’kidlandi.

Mazkur masala yuzasidan deputatlar tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilash, kambag‘al oilalar bilan ishlashda “mahalla yettili” faoliyatini tubdan yaxshilash kabi bir qator fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirib o‘tishdi. Mazkur masala tuman Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi belgilangan. 

Slide 1 of 6