35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ўзбекистон Халқ демократик партиясидан сайланган 14-“Навбаҳор” сайлов округи депутати М.Саидахмедова Навбахор маҳалласида
янв.21
Халқ депутатлари Хатирчи туман Кенгаши котибияти бош мутахассиси Ш.Камолов ҳамда Ўзбекистон Экологик партияси Хатирчи туман Кенгаши раиси Қ.Олимовлар бошқарув компаниялари фаолиятининг самарадорлигини ўрганиш бўйича мониторинг ишлари амалга оширилди.
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши котибияти бош мутахассиси Ш.Камолов томонидан 8-Амир Темур сайлов округида
янв.21
24-«Ангидон» сайлов округи депутати Рахмонбердиев Азизбек Зарифович Бахшижар маҳалласида
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгашининг 2022 йил 21 сентябрдаги “Уй-жойга муҳтож хотин-қизларни уй-жой билан таъминлаш ҳамда бошпанасиз, оғир турмуш шароитига тушиб қолган фуқароларнинг яшаш шароитларини яхшилаш чора-тадбирлари тўғрисида”ги VI-59-93-5-77-K/22-сонли қарори ижросини таъминлаш буйича ишлар амалга оширилди
янв.21
Ўзбекистон Халқ демократик партиясидан сайланган 14-“Навбаҳор” сайлов округи депутати М.Саидахмедова Чинобод маҳалласида
янв.21
Ўзбекистон Халқ демократик партиясидан сайланган 14-“Навбаҳор” сайлов округи депутати М.Саидахмедова Бинокор маҳалласида
янв.21
Халқ депутатлари Хатирчи туман Кенгаши котибияти бош мутахассиси Т. Ярашев ҳамда Ўзбекистон Экологик партияси туман бўлими раҳбари Қ.Олимовлар атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва аҳоли ўртасида экологик маданиятни оширишга қаратилган экорейд тадбири ўтказилди.
янв.21
Ўзбекистон Миллий тикланиш демократик партиясидан сайланган 1-«Зарафшон» сайлов округи депутати, туман ҳокими Адизов Умиджон Ҳасанович туманда барпо этилаётган “Умуммиллий бирдамлик боғи”да
янв.21
Олий Мажлис Сенатининг 2025 йил 14 январдаги КҚ-35-V-сонли қарори ижросини таъминлаш
Farg'ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan PQ-1 va PQ-111 sonli qarorlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni dastlabki tarzda mahallalarda eshitish to‘g‘risid

Farg'ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan PQ-1 va PQ-111 sonli qarorlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni dastlabki tarzda mahallalarda eshitish to‘g‘risida

🏛 Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Kamalov,  shahar Kengashi deputatlari B.Boxodirov, J.Arslonov, M.Tillyaxodjayev hamda mas'ul idora vakillari ishtirokida  Farg‘ona shahar 25-Marg'ilon saylov okrugiga qarashli "Hamkorlik" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1 va PQ-111 sonli qarorlari hamda "Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi Qonunning (O‘RQ–407-son) ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan mas’ullarning hisobotini dastlabki tarzda eshitishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
✅Ushbu eshitish jarayonida ichki ishlar organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida jamoat xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat hamda davlat manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyatni doimiy nazorat qilish hamda aholi bilan manzilli ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi atroflicha tahlil qilindi.
✅Shuningdek, yuqorida ta’kidlangan Prezident qarorlari hamda "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. ✅Mahallada huquqbuzarliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash hamda hududni "qizil" toifadagi mahallalar ro‘yxatidan chiqarib, "yashil" hududga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning hisoboti tinglandi.
✅Muhokamalar davomida profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan individual ishlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, nizoli vaziyatlarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning murojaatlari bilan manzilli ishlash hamda ichki ishlar organlari, mahalla fuqarolar yig‘ini, "mahalla yettiligi" va boshqa hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi.
✅Alohida ta’kidlanganidek, qonun ustuvorligini ta’minlash, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda "Xavfsiz mahalla" tamoyilini to‘liq qaror toptirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois, hududlarda qaror va qonunlar ijrosini tizimli nazorat qilib borish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish, profilaktika tadbirlarining samaradorligini oshirish hamda davlat organlari va jamoatchilikning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
✅Hisobotni dastlabki tarzda eshitish yakunida qarorlar ijrosini yanada samarali tashkil etish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyatni barqaror saqlash hamda mahallada tinch va osoyishta ijtimoiy muhitni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi

Telegram |✅ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Instagram |🇺🇿 E-kengash.uz

Slide 1 of 4