35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ўзбекистон Халқ демократик партиясидан сайланган 14-“Навбаҳор” сайлов округи депутати М.Саидахмедова Навбахор маҳалласида
янв.21
Халқ депутатлари Хатирчи туман Кенгаши котибияти бош мутахассиси Ш.Камолов ҳамда Ўзбекистон Экологик партияси Хатирчи туман Кенгаши раиси Қ.Олимовлар бошқарув компаниялари фаолиятининг самарадорлигини ўрганиш бўйича мониторинг ишлари амалга оширилди.
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши котибияти бош мутахассиси Ш.Камолов томонидан 8-Амир Темур сайлов округида
янв.21
24-«Ангидон» сайлов округи депутати Рахмонбердиев Азизбек Зарифович Бахшижар маҳалласида
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгашининг 2022 йил 21 сентябрдаги “Уй-жойга муҳтож хотин-қизларни уй-жой билан таъминлаш ҳамда бошпанасиз, оғир турмуш шароитига тушиб қолган фуқароларнинг яшаш шароитларини яхшилаш чора-тадбирлари тўғрисида”ги VI-59-93-5-77-K/22-сонли қарори ижросини таъминлаш буйича ишлар амалга оширилди
янв.21
Ўзбекистон Халқ демократик партиясидан сайланган 14-“Навбаҳор” сайлов округи депутати М.Саидахмедова Чинобод маҳалласида
янв.21
Ўзбекистон Халқ демократик партиясидан сайланган 14-“Навбаҳор” сайлов округи депутати М.Саидахмедова Бинокор маҳалласида
янв.21
Халқ депутатлари Хатирчи туман Кенгаши котибияти бош мутахассиси Т. Ярашев ҳамда Ўзбекистон Экологик партияси туман бўлими раҳбари Қ.Олимовлар атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва аҳоли ўртасида экологик маданиятни оширишга қаратилган экорейд тадбири ўтказилди.
янв.21
Ўзбекистон Миллий тикланиш демократик партиясидан сайланган 1-«Зарафшон» сайлов округи депутати, туман ҳокими Адизов Умиджон Ҳасанович туманда барпо этилаётган “Умуммиллий бирдамлик боғи”да
янв.21
Олий Мажлис Сенатининг 2025 йил 14 январдаги КҚ-35-V-сонли қарори ижросини таъминлаш
Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 Sessiya ishiga Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashi raisi, tuman hokimi F.Umarov raislik qildi. 

Dastlab Vobkent tumanidagi mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar tahlili hamda hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini 2024-yil iyul oyi davomida o‘rganish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vobkent tumanidagi Xalq qabulxonasi mudirining axboroti to‘g‘risida amalga oshirilgan ishlar
haqida so'z yuritildi.
 

Joriy yilning iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonasiga yo‘llangan
murojaatlardan tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga o‘rganish uchun 15 ta murojaat yo‘llangan bo‘lib, ushbu murojaatlarning 3 tasi ijobiy hal etilgan, 3 ta murojaatga huquqiy tushuntirish
berish orqali qanoatlantirilgan, 4 ta murojaatga tushuntirish berilgan va 5 ta murojaat esa hozirda o‘rganish jarayonida qolmoqda.
 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2024-yil 26-martdagi 156-sonli qaroriga asosan “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” tashabbuskor loyihalariga ovoz berish bosqichi yakunlandi. Bunda, barcha tumanlar (shaharlar) bo‘yicha g‘olib loyihalar bir vaqtning o‘zida Portal orqali e’lon qilinib, loyiha tashabbuskorlariga g‘olib bo‘lganligi to‘g‘risida SMS xabar yuborildi. 

Shuningdek, 2024-yilda o‘tkazilgan “Mening bog‘im” loyihalari jarayoni doirasida g‘olib bo‘lgan loyihalarni
moliyalashtirish bo‘yicha manzilli ro‘yxat shakllantirildi va tasdiqlandi. Mazkur loyiha bo‘yicha Vobkent tumani “Bozorjoyi” MFY, Otaliq ko‘chasi (ID-033333489013) tashabbuskor loyiha g‘olib deb topilgan.
 

Vobkent tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oziq-ovqat xarajatlari uchun 2024-yil byudjet mablag‘lari hamda ota-onalar to‘lovlari bilan birgalikda jami 14,0 mlrd.so‘mni tashkil qilib, shundan, 11,2 mlrd.so‘m byudjet mablag‘lari va 2,8 mlrd.so‘m ota-onalar to‘lovi miqdori rejalashtirilgan. 

2024-yil uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining (joriy yilning iyun-avgust) qisqa muddatli guruhlar faoliyati to‘xtatilganligi sababli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-apreldagi 246-sonli qarori asosida ota-onalarning bolalar qatnovi uchun to‘lov miqdorlari oshirilishi hisobiga ularda rejalashtirilgan oziq-ovqat xarajatlaridan iqtisod qilinishi kutilayotgan jami 941,6 mln.so‘m ortiqcha byudjet mablag‘larini tashkil etmoqda. 

Ushbu iqtisod qilinishi kutilayotgan ortiqcha byudjet mablag‘larini tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli ta’lim muassasalarning 2024/2025-yillar yangi o‘quv yili hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, shu bilan birgalikda tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda umumta’lim maktablarining hozirgi kunda infratuzilma va moddiy-texnika bazasining holati zamon talablariga yuqori
darajada mos kelmasligi va aholining kundan-kunga o‘sib borishini inobatga olgan holda, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan zarur darajada qamrab olinishini ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalarining moddiy texnika bazasini yanada mustahkamlash xarajatlariga yo‘naltirish zarur bo‘lmoqda.
 

Ma’lumki so‘ngi yillarda mamlakatimizda aholi farovonligini ta’minlash va hududlardagi masalalarni hal etishda aholining rolini oshirish, byudjet mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishini ta’minlash va tashabbusli byudjet jarayonlari yanada takomillashtirilib kelinmoqda. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli byudjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli qarorining yanada takomillashtirish maqsadida Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi “Tashabbusli byudjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi KQ-787-IV-sonli qarori qabul qilindi. 

Slide 1 of 8