35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ўзбекистон Халқ демократик партиясидан сайланган 14-“Навбаҳор” сайлов округи депутати М.Саидахмедова Навбахор маҳалласида
янв.21
Халқ депутатлари Хатирчи туман Кенгаши котибияти бош мутахассиси Ш.Камолов ҳамда Ўзбекистон Экологик партияси Хатирчи туман Кенгаши раиси Қ.Олимовлар бошқарув компаниялари фаолиятининг самарадорлигини ўрганиш бўйича мониторинг ишлари амалга оширилди.
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши котибияти бош мутахассиси Ш.Камолов томонидан 8-Амир Темур сайлов округида
янв.21
24-«Ангидон» сайлов округи депутати Рахмонбердиев Азизбек Зарифович Бахшижар маҳалласида
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгашининг 2022 йил 21 сентябрдаги “Уй-жойга муҳтож хотин-қизларни уй-жой билан таъминлаш ҳамда бошпанасиз, оғир турмуш шароитига тушиб қолган фуқароларнинг яшаш шароитларини яхшилаш чора-тадбирлари тўғрисида”ги VI-59-93-5-77-K/22-сонли қарори ижросини таъминлаш буйича ишлар амалга оширилди
янв.21
Ўзбекистон Халқ демократик партиясидан сайланган 14-“Навбаҳор” сайлов округи депутати М.Саидахмедова Чинобод маҳалласида
янв.21
Ўзбекистон Халқ демократик партиясидан сайланган 14-“Навбаҳор” сайлов округи депутати М.Саидахмедова Бинокор маҳалласида
янв.21
Халқ депутатлари Хатирчи туман Кенгаши котибияти бош мутахассиси Т. Ярашев ҳамда Ўзбекистон Экологик партияси туман бўлими раҳбари Қ.Олимовлар атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва аҳоли ўртасида экологик маданиятни оширишга қаратилган экорейд тадбири ўтказилди.
янв.21
Ўзбекистон Миллий тикланиш демократик партиясидан сайланган 1-«Зарафшон» сайлов округи депутати, туман ҳокими Адизов Умиджон Ҳасанович туманда барпо этилаётган “Умуммиллий бирдамлик боғи”да
янв.21
Олий Мажлис Сенатининг 2025 йил 14 январдаги КҚ-35-V-сонли қарори ижросини таъминлаш
Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 Sessiya ishiga Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashi raisi, tuman hokimi F.Umarov raislik qildi. 

Dastlab Vobkent tumanida yoshlar muammolarining hal etilishiga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish borasida 2024-yil II chorak davomida amalga oshirilgan ishlar haqida so'z yuritildi. 

Vobkent tumani aholisining 70 488 nafari yoki 53 foizini yoshlar tashkil etmoqda. Bugungi kunda, Vobkent tumanidagi 14-30 yoshdagi yoshlar bilan muloqotlar o‘tkazilib, yoshlar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratildi. 

Xususan, “Yoshlar balansi” asosida Vobkent tumanining 44 ta mahallasidagi 14-30 yoshdagi 34 530 nafar yoshlar tahlil qilinib, ular 3 ta toifaga ajratib olindi. Jumladan: 

- “qizil” - toifa: tarbiyasi og‘ir va alohida ishlashga muhtoj yoshlar soni 356 nafar yoki 1,03 foizni; 

- “sariq” - toifa: ishsiz, norasmiy band va vaqtincha mehnat qobiliyatiga ega bo‘lmagan ijtimoiy muammolari mavjud yoshlar - 11 170 nafar yoki 32,3 foizni; 

- “yashil” - toifa: davlat va xususiy sektor hamda ta’limda band bo‘lgan iqtidorli yoshlar - 23 360 nafar yoki 67,6 foizni tashkil qiladi. 

Ushbu 356 nafar og‘ir (qizil) toifadagi yoshlar tuman miqyosidagi 18 ta rahbar va ularning o‘rinbosarlariga nomma-nom biriktirildi. 

Mazkur biriktirilgan rahbarlar tomonidan har oyda kamida 2 marotoba yoshlar bilan uchrashish va ularning muammolarini o‘rganish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 

Yoshlarning chet tillariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda o‘rganishlari uchun Yoshlarishlari agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida, bugungi kunda tuman yoshlarining 11000 nafari chet tillarini o‘rganish uchun elektron platforma ro‘yxatidan o‘tib, ularning 3200 nafari chet tillari bo‘yicha belgilangan sertifikatlarni oldi. 

2024-yilning o‘tgan 6 oyi mobaynida tumanda “Vobkent” podstansiyasidagi quvvati 25000 kVt bo‘lgan 1 ta
transformator quvvati 40 000 kVt transformatoriga almashtirildi, 2 ta mahallada 1 tadan 2 dona qo‘shimcha transformator o‘rnatildi, tuman hududidagi 41 ta transformator va 151,0 km tarmoqlar mukammal, 210 ta transformator va 129,0 km tarmoqlar joriy ta’mirlandi, shuningdek, 5,0 km yangi tarmoqlar tortilib, 150 dona tayanch punktlari o‘rnatildi. Buning natijasida, tumandagi 16 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 11 ming.nafardan ortiq aholi, 250 tadan ortiq tadbirkorlik hamda ijtimoiy soha ob’yektlarining elektr ta’minoti yaxshilangan va
yo‘qotishlar 1,0 foizga (12 foizdan 11 foizga) qisqartirilgan.
 

Tumanda 2024/2025-yillar kuz-qish mavsumi boshlangunga qadar “Vobkent” podstansiyasidagi quvvati 25000 kVa bo‘lgan yana 1 dona qo‘shimcha transformator quvvati 40 000 kVt transformatoriga almashtirish, 6 ta mahallalarda 6 dona transformator punktlari qo‘shimcha o‘rnatish, 26 ta transformatorlar va 59,0 km tarmoqlarni mukammal, 229 dona transformatorlar va 104,0 km tarmoqlarni joriy ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. 

2024-yil 28-fevral kuni davlatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishdagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan joriy yilning oxiriga qadar tumanda jami 192 ta ob’yekt va aholi xonadonlariga, 39 ta ijtimoiy soha ob’yektlari va davlat tashkilotlariga 537,0 kVt, 65 ta tadbirkorlik sub’yektlari bino va inshootlariga 1791,0 kVt, 88 ta aholi xonadonlarda 242,0 kVt, 2 ta ko‘p qavatli uylarga 16 kVt quyosh panellari o‘rnatilishi rejalashtirilgan. 

Xabarlaringiz bor, hozirgi kunda tuman hokimligi avtoturargohida ham quvvati 50 kVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatildi. Joylarda elektr ta’minotini yaxshilash yuzasidan tuman elektr ta’minoti tashkilotiga joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida jami 117 ta, shundan, 109 ta jismoniy, 8 ta tadbirkorlik sub’yektlarining murojaatlari kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning barchasi bo‘yicha tegishli amaliy choralar ko‘rilgan.  

Slide 1 of 9